Farhod Nishonov: "Jamoam o‘z o‘yini­ni ko‘rsatganidan xursand bo‘ldim"

  • 10.05.2026 01:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi 1-tur doirasidagi “Olimpik-MobiUz” — “Mash’al” o‘yinidan so‘ng (3:1) mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov o‘z fikrlarini bildirdi.

– Dastlabki o‘yin haqida va umuman kubokdagi start haqida fikringizni bildirsangiz.

– Bugun kubok o‘yinlarini yaxshi boshladik. Yigitlar o‘yinni juda yaxshi boshlashdi, gol urdik. Undan keyingi vaziyatlarda ham yaxshi harakat qildik. Kamchiliklarimiz bor, xatolarimiz bor. Eng muhim epizodlar bor, ularni yaxshilashimiz kerak. Bu bo‘yicha ishlayapmiz. Lekin bugungi o‘yindan ko‘nglim to‘ldi, chunki yigitlar yaxshi harakat qilishdi va men o‘ylaymanki, haqli ravishda g‘alaba qozondik.

– Jamoaning ko‘rsatgan o‘yini – bu sizning ko‘rsatmangizning maydondagi amaliy ro‘yobimi yoki raqib jamoa juda passiv o‘yin ko‘rsatdimi?

– Raqibga hurmat qilib gapiraman, chunki raqib baribir "Mash’al" – yaxshi jamoa. Superligada o‘yinlari omad siz boshlandi. Bu hamma jamoada bo‘ladigan narsa, deb o‘ylayman. Chunki oxirgi o‘yinlariga qarasangiz, "Dinamo" bilan o‘yinda, "Buxoro" bilan o‘yinda yomon harakat qilmagan, tengma-teng kurash olib borgan. Men bugun xursand bo‘ldim, jamoam o‘z o‘yini ko‘rsatdi. Biz ulardan nimani talab qilgan bo‘lsak, bugun o‘sha narsani ko‘rdim. Bu g‘alabaning eng katta sababi, menimcha, bu – ishonch. O‘zlariga ishondi, o‘zlarining futbolini ko‘rsatdi, shuning hisobiga g‘alaba qozondik.

– Umuman olganda, "Olimpik Mobiuz"ni kubok o‘yinlarida Superliga jamoalariga qarshi qanday tayyorlayapsiz?

– Har doimgidek tayyorgarlik ko‘ramiz, chunki biz har bir raqibga qarshi alohida tayyorlanishimiz kerak. Bu jamoani esdan chiqarmaslik kerak, baribir mas’uliyati bor. Oldimizga juda katta vazifalar qo‘yilgan. Shuning uchun biz har bir raqibga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!