
Fati faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Barselona" futbolchisi Ansu Fatining keyingi manzili Premer-liga bo‘lishi mumkin. Unga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Diario Sport" nashri. Vingerni London klubidan tashqari "Manchester Yunayted" ham kuzatib bormoqda.
20 yoshli ispan mavsumni yomon kayfiyatda o‘tkazmoqda. Uning otasi ham bu haqda gapirib o‘tdi. Bori Fati o‘g‘lining kam maydonga tushirilayotganidan norozi va boshqa jamoalardan keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ansuning o‘zi esa qolish niyatida.
Avvalroq, "Barsa" prezidenti Joan Laporta yozda bitta vingerni sotishga majbur bo‘lishini aytgan edi. Klubni ehtimoliy tark etishi mumkin bo‘lgan ikkita futbolchi ko‘rsatilmoqda. Bular Fati va Torres.
Fikrlar