Fati: "Menga ishongani uchun klubga minnatdorchilik bildirmoqchiman"
Ansu Fati "Barselona"dagi davri va "Monako"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
- Ochig‘ini aytganda, o‘zgarishlar yaxshilik tomon deb o‘ylayman. Bu mavsumda shu erda bo‘laman, ammo men o‘sib-ulg‘aygan va tajriba orttirgan klubimga doimo minnatdorchilik bildiraman.
Dastlab juda yaxshi boshlaganim to‘g‘ri. Keyin jarohatlandim va xohlaganimdek barqarorlikka erisha olmadim. Umid qilamanki, bu erda hamma narsa boshqacha bo‘ladi va men o‘zimga zarur bo‘lgan barqarorlikni qo‘lga kiritaman. Eng muhimi shu: izchillik va agar murabbiy lozim topsa, ko‘p o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish.
Biz Yamal bilan "Barselona"da doimo birga edik. Shubhasiz, u meni juda yaxshi ko‘rishini va menga eng yaxshi tilaklarni bildirishini bilaman. Deyarli butun jamoa menga omad tiladi. Ular yaxshi odamlar, men ular bilan La-Masiyada uzoq vaqt birga bo‘lganman va ularga, ayniqsa Laminga, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.
- Men bu erda ekanligimdan juda xursandman va menga ishonch bildirgani uchun klubga minnatdorchilik bildiraman.
Ular menga qo‘ng‘iroq qilgan paytdan boshlab, bizning muloqotimiz juda aniq edi: men bu erga kelib, rivojlanishni davom ettirishni xohlardim.
Bu erda bo‘lganimdan juda baxtiyorman. Men bu yangi sinovni intiqlik bilan kutyapman va o‘zimni to‘liq klub va jamoaga bag‘ishlayman, - dedi Fati yangi klubidagi taqdimotida.
Avvalroq xabar qilinganidek, Kataloniya klubi va 22 yoshli qanot hujumchisi shartnomani 2028 yil 30 iyungacha uzaytirgan edi. Shundan so‘ng, klub futbolchini "Monako"ga bir mavsumga ijaraga berdi.

Fikrlar