Faustino Oro tarixdagi eng yosh ikkinchi grossmeysterga aylandi, ikki shaxmatchimiz top-10'da
Argentinalik yosh shaxmatchi Faustino Oro grossmeysterlik uchun zarur bo‘lgan so‘nggi normani bajardi va tarixdagi eng yosh ikkinchi grossmeyster sifatida qayd etildi.
U 12 yosh, 6 oy va 26 kunligida grossmeyster unvonini qo‘lga kiritib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Mishra Abximanyudan ortda qoldi. Amerikalik shaxmatchi 2021 yilda 12 yosh, 4 oy va 25 kunligida jahon rekordini o‘rnatgan edi.
Shu tariqa, Faustino Oro Sergey Karyakinning 2003 yildan buyon saqlanib kelgan natijasini yangiladi va shaxmat tarixidagi eng yosh grossmeysterlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
E’tiborli, ushbu nufuzli ro‘yxatdan ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ham o‘rin olgan. Javohir Sindarov 12 yosh, 10 oy va 5 kunligida grossmeysterga aylangan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov esa 13 yosh, 1 oy va 11 kunligida ushbu unvonni qo‘lga kiritgan.


Fikrlar