Faustino Oro tarixiy rekordga yaqin
Yosh shaxmatchi Faustino Oro Argentinada bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, grossmeysterlik unvoni uchun ikkinchi normani bajardi. U 9 turdan iborat musobaqada 5,5 ochko to‘pladi va bu natija grossmeysterlik normasi talablariga javob berdi.
Ma’lumot uchun, shaxmatda grossmeyster unvonini qo‘lga kiritish uchun shaxmatchi kamida uchta grossmeysterlik normasini bajarishi hamda belgilangan reyting talablariga javob berishi kerak. Faustino Oro hozircha bu normalardan ikkitasini bajarib bo‘ldi.
Eng qiziq tomoni shundaki, u yana bitta normani qisqa muddat ichida bajara olsa, tarixdagi eng yosh grossmeyster sifatida rekord o‘rnatishi mumkin. Buning uchun unda hali bir necha oy vaqt bor.
Fikrlar