Faizullaev assist qayd etgan o‘yindan so‘ng "Bashakshehir" murabbiyi futbolchilarni tanqid qildi

  • 14.01.2026 04:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya kubogining "A" guruhi doirasida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turda "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Boluspor" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shunga qaramay, bahsdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nuri Shohin jamoasining ko‘rsatgan o‘yinidan mamnun emasligini ta’kidladi.

"G‘alaba qozonganimizdan xursandman, ammo namoyish etilgan o‘yindan qoniqmadim. Futbolchilarning harakati va professionaliligidan roziman. Biroq ularga to‘liq ishonaman.

Futbolchilar asta-sekin optimal sport formasiga kirib bormoqda. Superliga va Turkiya kubogi biz uchun birdek muhim. Chempionatdagi ijobiy natijalarni davom ettirishni istaymiz va oldimizga qo‘yilgan maqsadlar uchun oxirigacha kurashamiz", — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shuningdek, Fayzullaev ushbu uchrashuvda golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!