Fayzullaev darrov o‘zini ko‘rsatdi!

Moskvaning TsSKA klubida tarbiya topgan iqtidorli futbolchilar Nikita Ermakov championat.com saytiga bergan intervyusi davomida “armiyachilar”ning Markaziy Osiyodan kelgan legionerlari Baxtiyor Zaynutdinov va Abbosbek Fayzullaevning o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi.

unnamed_1

– Baxtiyor Zaynutdinov Evropani zabt etish uchun jamoani tark etdi. Uni jamoaning “yuragi” deyishardi. Baxtiyor bilan qanday xayrlashildi?

– Zaynutdinov bizga minnatdorlik so‘zlarini aytdi, xuddi xayrlashuv videosida bo‘lgani kabi. Butun jamoa bo‘lib unga faoliyatining yangi bosqichi muvaffaqiyatli bo‘lishini tiladik. Baxtiyor haqiqatan jamoaning “yuragi”ga aylanib qolgandi.

– Abbosbek Fayzullaev endigina TsSKAga kelganida Baxtiyor uni o‘z qaramog‘iga olishini aytgandi. Shunday bo‘ldimi?

– Ha, lekin Baxtiyor tez orada ketib qoldi, ular birga juda kam bo‘lishdi. Lekin Zaynutdinov jamoadaligida Abbosga yordam bergandi. Ularning munosabati juda iliq edi.

–  Fayzullaev mavsumning birinchi qismida haqiqiy kashfiyot bo‘ldi...

– Abbosbek juda zo‘r futbolchi. Dastlabki mashg‘ulotlardayov darrov texnikasi zo‘r ekanini namoyish qildi. Ko‘rib turganimizdek, TsSKAda uning qirralari tez ochildi.

zaynutdinov

Ta’kidlash joizki, Baxtiyor Zaynutdinov qozog‘istonlik etnik o‘zbeklardan. “Taraz” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan iste’dodli fubolchi Qozog‘istonda “Astana” klubi sharafini ham himoya qilgan.

Zaynutdinov 2019 yilning  boshida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov”ga ko‘chib o‘tdi. Bu jamoada Baxtiyor o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodov bilan birga to‘p tepdi.

11b273c4318a315957c503ff3bfe7fbc

2020 yilgi yangi mavsum oldidan markaziy osiyolik har ikki futbolchi faoliyatida jiddiy o‘zgarish bo‘ldi. Zaynutdinov Rossiyaning kuchli jamoalaridan TsSKA taklifini qabul qildi. Shomurodov esa, kuchli beshlik chempionatlaridan biri – A Seriyaga, Italiyaning eng qadimiy jamoasi “Jenoa”ga yo‘l oldi.

O‘tgan yili avgust oyida TsSKA jamoasi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaevni transfer qildi. O‘sha paytda 19 yosh bo‘lgan Abbosning yangi jamoa, katta shahar, boshqa muhitga moslashishida Baxtiyorning yordami katta bo‘ldi.

Bir necha kundan so‘ng, Zaynutdinov Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Baxtiyor hozir Markaziy Osiyo vakillari orasida eng qimmatbaho futbolchi hisoblanadi. Transfermarkt portali 25 yoshli himoyachini 6 million evroga baholagan.

Undan keyingi o‘rinlarni transfer summasi 14 milliondan 5 million evroga tushib qolgan Eldor Shomurodov va narxi 4 million evroga ko‘tarilgan Abbosbek Fayzullaev egallab turibdi.

Abbosbek Fayzullaev esa, qisqa fursatda TsSKAning yangi etakchisiga aylandi. Hujumkor futbolchisiz “armiyachilar” safida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi musobaqalarida jami 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

MAN7831

Ayni paytda Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. 20 yoshli o‘yinchi ushbu musobaqada terma jamoamizning birinchi goliga mualliflik qildi.    

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
MAMATQULOV G‘AYRAT
26/01/2024 17:33
ИЛТИМОС КАМРОК ЁЗИНГЛАР КУЧЛИ БЕШЛИКДА УЗИНИ КУРСАТСА КЕЙИН ЁЗАСИЗЛАР.....