
Fayzullaev jamoaga g‘alaba keltirish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!
Rossiya kubogi musobaqasining guruh boschiqi to‘rtinchi turida TsSKA futbolchilari o‘z maydonida peshqadam “Krasnodar” bilan kuch sinashdi.
Kuchli raqibga qarshi o‘yin “armiyachilar” uchun ancha qiyin kechdi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun to‘p tepgani uchrashuvning murosasiz kechishini ta’minladi.
Oldinga o‘tib aytish joizki, bu bahsda Abbosbek Fayzullaev jamoaning oldingi chiziqdagi muvaffaqiyatli o‘yini ko‘proq unga bog‘liq ekanini yana bir karra isbotladi.
Mezbonlar raqib himoyachini yorib o‘tish va darvozaga yo‘l topish uchun yarim soatdan ko‘p vaqt sarfladi. Bu ham legionerimiz ishtirokisiz bo‘lmadi. Abbosbek Fayzullaevning o‘z vaqtida uzatilgan ajoyib pasidan serbiyalik Milan Gayich unumli foydalanib, 32-daqiqada hisobni ochdi.
Qolgan daqiqalarda “Krasnodar” mag‘lubiyatdan qutilib qolishga, TsSKa esa, hisobdagi farqni yiriklashtirib, ishni xotirjam oxiriga etkazib qo‘yishga harakat qildi.
O‘yinning ikkinchi yarmida yana katta sahnaga Abbosbek Fayzullaev chiqdi. 20 yoshli futbolchimiz bu gal bir pas bilan Matvey Kislyakni gol uradigan pozitsiyaga olib chiqdi va iqtidorli yosh o‘yinchi raqib darvozabonini ojiz qoldir.
Ta’kidlash joizki, keyingi paytda o‘yinidagi pasayish tufayli tanqidlarga nishon bo‘layotgan lenionerimiz bu bellashuvda yana yuqori sport formasiga qaytayotganini ko‘rsatdi. Aynan Abbosning oldingi chiziqdagi samarali o‘yini TsSKAning kuchli raqib ustidan g‘alabasini ta’minladi.
“Krasnodar”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan “armiyachilar” mamlakat kubogining guruh bosqichidagi ochkolari sonini 8 taga etkazib oldi. Hozircha, TsSKA “S” kvartetida peshqadamlik qilayotgan “Krasnodar”dan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Bungacha ketma-ket uchta uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilib, darvozasi daxlsizligini saqlab kelgan krasnodarliklar Abbosbek Fayzullaevning paslaridan keyin bir bellashuvda ilk marta ikkita gol o‘tkazib yubordi.
Ushbu guruhda “Nijniy Novgorod” va “Axmat” klublari ham ishtirok etmoqda. “Armiyachilar”ni oldinda bu raqiblar bilan bo‘ladigan to‘qnashuvlar kutib turibdi. Marko Nikolich shogirdlari 1 oktyabr kuni “Nijniy Novgorod” mehmoni bo‘ladi. Guruhdagi oxirgi uchrashuvini 22 oktyabr kuni o‘z maydonida “Axmat”ga qarshi o‘tkazadi.
Abbosbek Fayzullaev Rossiya kubogining yangi mavsumida uchinchi o‘yinini o‘tkazib, golli paslarini sonini uchtaga etkazib oldi.
20 yashli yarim himoyachimiz Premer-ligada oltita o‘yinda bitta assist muallifi bo‘lgan.
TsSKA chempionatdagi navbatdagi bahsini 21 sentyabr kuni Qozon shahrida “Rubin”ga qarshi o‘tkazadi. To‘qqizinchi turning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblangan bu o‘yinda Abbosbek Fayzullaev maydonda Rustamjon Ashurmatov va Umarali Rahmonalievga ro‘baro‘ kelishi kutilmoqda.
Mashhur murabbiy Shomurodovga emas, Ronalduga ustozlik qiladigan bo‘ldi!
Fikrlar