Faizullaev Kanadaga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

  • 31.05.2026 21:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Fabio Kannavaro shogirdlari ertaga Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bellashuv oldidan jamoa a’zosi Abbosbek Fayzullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Jahon chempionati oldidan Kanadada bizga ko‘rsatilayotgan e’tibordan juda xursandmiz. Rostini aytsam, buncha ko‘p muxlislarimiz kelishini kutmagandik. Bu albatta yoqimli holat. Xudo xohlasa, Kanadaga qarshi o‘yinda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", — dedi Fayzullaev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Kanada uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 06:30 da start oladi. Muxlislar bahsni "Zo'r TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
01/06/2026 18:17
Рахмат Сешанба эрталабки 6 ю 30 дами