Faizullaev katta ballardan birini qo‘lga kiritdi, Shomurodovchi?
"Istanbul Boshakshehir" so‘nggi bahsda "Konyaspor"ni ishonchli 2:0 ko‘rinishida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvda Abbosbek Fayzullaev ham, Eldor Shomurodov ham 90 daqiqa harakat qilib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ikki vakilimizning so‘nggi o‘yinda qo‘lga kiritgan ballari bilan tanishing.
"Fotmob" Abbosni 7.7 ballga, Eldorni esa 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Fayzullaevga 7.4 ball, Shomurodovga 7.3 ball qo‘ydi.
Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti 22 yoshli hujumchimizga 6.7 ball berdi. Milliy terma jamoamiz sardoriga esa 7.2 ballni loyiq ko‘rdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Boshakshehir" navbatdagi bahsini 3 mart kuni "Trabzonspor"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar