Faizullaev mundialda porlashi kutilayotgan iqtidorlar reytingidan joy oldi

  • 17.06.2026 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tkazilayotgan jahon chempionati futbol jamoatchiligi uchun bir necha yangi yulduzlar va noyob iste’dod egalari kashf qilib beradi.

Xususan, nufuzli manbalar hozirdan har to‘rt yilning eng nufuzli musobaqasida qaysi futbolchilar porlashi mumkinligini taxmin va tahlil qila boshladi. Taniqli jurnalist Tom Kollomosse bu galgi mundialda o‘zini ko‘rsatishi kutilayotgan 32 nafar futbolchi ro‘yxatini tuzdi.

1. Bazumana Tyure (Kot-d’Ivuar) – 20 yosh

2. Kaleb Yirenkij (Gana) – 20 yosh

3. Hilberto Mora (Meksika) – 17 yosh

4. Rayan (Braziliya) – 19 yosh

5. Yan Diomande (Kot-d’Ivuar) – 19 yosh

6. Kerim Alaybegovich (Bosniya va Gertsegovina) – 18 yosh

7. Andreas Shelderup (Norvegiya) – 22 yosh

8. Jo’el Ordonyes (Ekvador) – 22 yosh

10. Niko Pas (Argentina) – 21 yosh

11. Valentin Barko (Argentina) – 21 yosh

12. Bilal Al-Xannus (Marokash) – 21 yosh

13. Varren Zair-Emeri (Fransiya) – 20 yosh

14. Paul Vanner (Avstriya) – 20 yosh

15. Yoxan Manzambi (Shveytsariya) – 20 yosh

16. Alessandro Chirkati (Avstraliya) – 22 yosh

17. Endrik (Braziliya) – 19 yosh

18. Natan Saliba (Kanada) – 22 yosh

19. Samir Al-Murabet (Marokash) 20 yosh

20. Xulio Ensiso (Paragvay) – 22 yosh

21. Jan Uzun (Turkiya) – 20 yosh

22. Luka Vuskovich (Xorvatiya) – 19 yosh

23. Petar Suchich (Xorvatiya) – 22 yosh

24. Mbekezeli Mbokazi (Janubiy Afrika Respublikasi) – 20 yosh

25. Yens Kastrop (Janubiy Koreya) – 22 yosh

26. Esmir Bayrakatarevich (Bosniya va Gertsegovina) – 21 yosh

27. Ibrohim Maza (Jazoir) – 20 yosh

28. Ibrohim Mbaye (Senegal) – 18 yosh

29. Abbosbek Fayzullaev (O‘zbekiston) – 22 yosh

30. Kojo Peprax Oppong (Gana) – 22 yosh

31. Gustavo Puerta (Kolumbiya) – 22 yosh

32. Ayub Buaddi (Marokash) – 18 yosh.

Bu futbolchilarning bari o‘z faoliyati davomida futbol olamining eng nufuzli musobaqasi hisoblangan jahon chempionatida ilk bor ishtirok etmoqda. Yaqin kelajakda ular orasidan katta futbolda ulkan natijalarga erisha oladigan charm to‘p ustalari yetishib chiqishiga umid qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!