Fayzullaev o‘ziga nega “yomon” baho berdi?

  • 3 iyun, 08:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, sovrinlari sonini ko‘paytirib oldi. 21 yoshli hujumkor futbolchimiz Rossiyadagi faoliyati davomida ilk bor nufuzli musobaqa g‘olibiga aylandi.

Tecno

Avvalo, TsSKA Premer-ligada qahramonlik ko‘rsatganini aytish lozim. Chempionatning birinchi qismini oltinchi o‘rinda yakunlagan “armiyachilar” qishki tanaffusda o‘yinida jiddiy o‘zgarishlar yasadi.

Buning oqibatida TsSKA chempionatning bahorgi o‘yinlarini mag‘lubiyatsiz yakunladi. Sakkizta g‘alaba va to‘rtta durang jamoani uchinchi o‘ringa ko‘tarildi va “armiyachilar” qatori Abbosbek Fayzullaev ham Rossiya chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Marko Nikolich shogirdlari Rossiya kubogida g‘olib chiqdi. Superfinalda moskvaliklar “Rostov” jamoasini penaltilar seriyasida dog‘da qoldirdi va mavsumni nufuzli sovrin bilan yakunlaydigan bo‘ldi.

Bu hali hammasi emas. “Armiyachilar” Rossiya Superkubogini ham qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Buning uchun TsSKA hal qiluvchi bahsda ilk bor mamlakat chempionligiga sazovor bo‘lgan “Krasnodar” bilan bahs olib boradi. Uchrashuvning aniq sanasi va joyi qo‘shimcha e’lon qilinadi.

Abbosbek Fayzullaev jurnalistlar bilan suhbatda mavsumga va o‘z o‘yiniga baho berdi.

-   Bu mening Rossiyadagi birinchi sovrinim bo‘lgani uchun ham ahamiyati juda katta. G‘alaba yo‘lida ko‘p narsani engib o‘tdik, juda og‘ir o‘yinlar bo‘ldi, ayniqsa, “Zenit”ga qarshi bahs. O‘sha bellashuvda biz penaltilar seriyasida zafar quchdik. Biz bu kubokka munosibmiz, deb o‘ylayman.

Bu mavsumni shaxsan o‘zim uchun o‘tgan yilgiga solishtirganda yomon baholayman. Bultur samardorlik bo‘yicha beshta gol va 14 ta assist qayd etgandim. Bu gal bu ko‘rsatkich 3+8 ko‘rinishida bo‘ldi.

Mavsumning ikkinchi qismida maydondagi pozitsiyam o‘zgardi va pasayish birinchi navbatda shu bilan bog‘liq. O‘zgarish o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mavsum juda yaxshi boshlangandi, keyin o‘rnim o‘zgardi.

Natijada statistik ko‘rsatkichlar avvalgidek bo‘lmadi, lekin men yangi pozitsiyaga ko‘nikib olishga harakat qildim, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Fayzullaev yosh bo‘lishiga qaramay, faoliyati davomida bir necha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Xususan, “Paxtakor”da o‘ynab yurgan kezlari uch karra mamlakat chempioni, O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘lgan.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo kubogida zafar quchgan.

Abbosbek Fayzullaev shaxsiy sovrinlari sonini ham ko‘paytirib bormoqda. U hozirga qadar “Osiyo kubogi U-20” musobaqasining eng yaxshi futbolchisi, 2023 va 2024 yillarda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, 2023-2024 yilgi mavsumda Rossiya Premer-ligasi kashfiyoti, 2023 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi, deb topilgan.

O‘zbekiston futbolchilarini BAAda nimalar kutyapti?

Shomurodov bo‘lganida jamoani aniq qutqarardi!

Fayzullaevdan xushxabar!

Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
03/06/2025 10:06
Аббосбек супер , насиб этса хали ЖЧ -тида ёркин уйинлари билан , биз футбол ишкибозларини хурсанд килади ва Барселона сафида Европа ЧЛ голиби булади Иншооллох. Омад Аббосбек, Омад жонажон Узбекистоним