Fayzullaevdan xushxabar!

  • 1 iyun, 23:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev uchun Rossiya futbolidagi navbatdagi mavsum muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tecno

TsSKAda o‘ynayotgan legionerimiz jamoadoshlari bilan Premer-liganing bahorgi qismini mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, chempionatni uchinchi o‘rinda yakunlagan va bronza medalga ega chiqqan edi.

Endi “armiyachilar” Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning Superfinalida murakkab saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan TsSKA va “Rosto” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmadi.

Abbosbek Fayzullaev maydrnga 73-daqiqada tushirildi va faol o‘ynadi.

G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad moskvaliklarga kulib boqdi. 11 metrlik belgidan gol urishda TsSKA 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va Rossiya kubogi sohibi bo‘ldi.

Sports.uz portali ushbu musobaqaga oid qiziqarli faktlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishni ma’qul topdi.

Demak, tanishamiz:

Abbosbek Fayzullaev Rossiyadagi faoliyati davomida ilk bor sovrin sohibiga aylandi.

                                               *                             *                             *

Marko Nikolich TsSKA bilan Rossiya kubogida g‘olib chiqqan ikkinchi xorijlik murabbiy bo‘ldi.

                                               *                             *                             *

TsSKA bilan kubok yutgan birinchi chet ellik murabbiy Ziko hisoblanadi. Braziliyalik mutaxassis 2008-2009 yilgi mavsumda shu natijani qayd etgan.

*                             *                             *

TsSKA darvozaboni Igor Akinfeev sakkizinchi bor Rossiya kubogini qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi.

*                             *                             *

TsSKA o‘z tarixida to‘qqizinchi bor Rossiya kubogini qo‘lga kiritib, bu ko‘rchatkich bo‘yicha rekordchi“Lokomotiv”ga tenglashib oldi. Bu ikki jamoaning eng yaqin ta’qibchisi “Zenit” bosh sovringa besh bor ega chiqqan.

Endi Abbosbek Fayzullaev Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionatining muhim ikki uchrashuviga tayyorgarlik ko‘radi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilari bilan muhim uchrashuvda maydonga tushadi.

Legionerimiz sovrin yutdi va Evropaga yo‘l oladi!

Fayzullaev Husanov ortidan qaysi futbolchi “Manchester Siti”ga bora olishini aytdi!

Husanov, yaxshi bor! “Manchester Siti” 12 nafar futbolchisini kuzatdi

Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!