Faizullaev Ronald video murojaat yo‘llaganini tasdiqladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida “Jahon chempionati-2026”da Portugaliyaga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Sizningcha, Portugaliya terma jamoasi hozir Krishtianu Ronaldu bilan kuchlimi yoki usiz?
— Balki pressing nuqtai nazaridan Ronaldusiz kuchliroqdir. Ammo Krishtianu maydonda bo‘lganda jamoaga ishonch bag‘ishlaydi. U istalgan vaqtda o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin.
Krishtianu futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri va hali ham maydonda hal qiluvchi rol o‘ynay olishiga shubha yo‘q.
— Unga qarshi maydonga tushish lahzasini kutyapsizmi?
— Albatta, juda-juda intizorlik bilan kutyapman. Televizor orqali uning o‘yinlarini tomosha qilarkanman, har doim shuni orzu qilganman.
Men o‘zim Lionel Messining muxlisiman, ammo Krishtianu ham menga juda yoqadi. Unga qarshi o‘ynash — albatta, katta orzu.
— Esimda, Ronaldu “An-Nasr”da Jaloliddin Masharipov bilan birga o‘ynaganida o‘zbek xalqiga video murojaat ham yo‘llagan edi.
— Ha-ha, albatta. Bu ijtimoiy tarmoqlarda juda mashhur bo‘lib ketgandi.
Bizning akamiz Masharipov u bilan bir jamoada o‘ynadi, ko‘p narsalarni o‘rgandi. Krishtianu ham unga turli maslahatlar va tajribalarini ulashgan.
Mashg‘ulotlar oxirida ular zarba berish bo‘yicha musobaqalashishardi.
— Xo‘sh, kim g‘olib bo‘lgan?
— Bunisini aytmayman, ha-ha!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi uchrashuvini 23 iyun kuni o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Fikrlar