"Fayzullaev va Husanov "Rizespor"ga kelmaydi" - turkiyalik muxlislar o‘zbek futbolchilarini muhokama qildi

  • 26.12.2024 12:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Turkiyalik futbol muxlislarining o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan fikri juda ham ijobiy ko‘rinmoqda. 

Jumladan, "Forza" nikli "X" foydalanuvchisi Azizbek To‘lqinbekovning "Transfermarkt" portalidagi profilini o‘z sahifasiga joylashtirib qo‘yidagi fikrlarni yozib qoldirdi: 

"Risepsor so‘nggi paytlarda yaxshi ishlayotgan O‘zbekiston bozorida aloqalarni doimiy yo‘lga qo‘yish kerak", deya fikr bildirib, "Rizespor" klubi boshqaruv a’zosi sahifasini belgilab qo‘ydi. 



Ushbu fikrga javoban "Matthias A" nikli "X" foydalanuvchisi: 

- Abbosbek Fayzullaev 8/10 o‘ynaydigan juda yuqori saviyali futbolchi.

- Abduqodir Xusanov yuqori saviyali himoyachi.

- Amirbek Saidov va Lazizbek Mirzaev yosh iste’dodli o‘zbeklar.

- Men sizga ushbu 4 o‘yinchini tavsiya qilaman", - deya qo‘shimcha qildi. 



Forza: "Fayzullaev va Xusanov baribir “Rizespor”ga kelmaydi, Saidov va Mirzaevni esa bilmadim, lekin "Leganes" "uloqni oldi". 

 "Matthias A": Turk klublari Evropadan oldinroq Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Sharqdagi iqtidorlarni kashf etishi va ularni arzon narxga sotib olishi kerak.

Bu futbolchilarni 60-100 ming evro evaziga Serbiya va Ispaniya ligalariga bormasdan Turkiya orqali Evropaga transfer qilish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!