Faizullaev va Shomurodovning o‘yini necha ballga baholandi?
Turkiya Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Kayserispor" hamda "Istanbul Boshakshehir" o‘rtasidagi bahs istanbulliklar foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi gollarga Devi Zalke, Ramazan Jivelek (avtogol) va Nunu da Koshda mualliflik qilishdi. Eldor Shomurodov uchinchi golga assist qildi. Abbosbek Fayzullaev esa, maydonda 81 daqiqa harakat qildi.
Turkiya klubi sharafini himoya qilayotgan legionerlarimiz mashhur analitik dasturlar tomonidan quyidagicha baholandi:
Abbosbek Fayzullaev — "Sofascore" 6.4 ball, "Flashscore" 7.1 ball, "FotMob" 7.0 ball va "WhoScored" 6.9 ballga loyiq ko‘rildi.
Eldor Shomurodov — "Sofascore" 7.3 ball, "Flashscore" 7.7 ball, "FotMob" 8.3 ball va "WhoScored" 8.4 ball qo‘ydi.
Fikrlar