Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fayzullaevning legioner jamoadoshlari nega raqam almashtiryapti?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu shunchalik muhimmi?

Abbosbek Fayzullaev bilan birga TsSKA sharafini himoya qilayotgan legioner futbolchilar yangi mavsum oldidan raqamlarini almashtirdi.

O‘tgan yili jamoa safiga qo‘shilgan braziliyalik Kellven 2-raqamdan voz kechib 13 sonini tanladi.

- “13” men uchun oddiygina raqam emas, balki aynan mana shu son ostida professional faoliyatimdagi ilk uchrashuvni o‘tkazganman, - dedi Kellven.

Chililik yarim himoyachi Viktor Mendes 88 raqami o‘rniga 34-raqamda o‘ynaydigan bo‘ldi.

- Raqamimni o‘zgartirishga qaror qildim va faoliyatimni boshlaganimdagi raqam – “34”ni tanladim. Bu raqam bilan yaxshi xotiralarim bog‘liq, - dedi Viktor Mendes.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan TsSKAga o‘tganidan keyin 21-raqamda to‘p tepishni ma’qul ko‘rgan va yangi chempionatda ham aynan shu raqamli futbolkada harakat qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q