Fayzullaevning yangi jamoadoshi rosa maqtanchoq chiqib qoldi

  • 18 fevral, 12:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA klubi Rossiya Premer-ligasining ikkinchi qismida yuqori o‘rinlar uchun kurashish maqsadida tarkibini kuchaytirishga ham e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Klub matbuot xizmati jamoaga braziliyalik to‘purar hujumchi Alerrandro kelib qo‘shilganini e’lon qildi.

Yangi o‘yinchining o‘ziga ishonchi baland ekani yangi jamoasi muxlislariga o‘zini qanday tanishtirganidan ham bilinib turibdi.

- Men juda aqlli hujumchiman.  To‘pni qabul qilib olish uchun ortga qaytib o‘ynaydigan oddiy forvardlar qatoriga kirmayman.

Maydon bo‘ylab ko‘p harakat qilaman. Nafaqat gol uraman, balki golli paslar ham uzatishni bilaman. Men jamoadoshlarimni raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqarib yuborishni yaxshi ko‘raman.

O‘zimning kuchli tomonlarimdan kelib chiqib, jamoa o‘yiniga tez moslashib ketaman, - dedi Alerrandro.

TsSKA yangi hujumchi bilan kelishuvni 2028 yilning yarmigacha tuzdi. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Alerrandro TsSKAda 7-raqamni tanladi.

25 yoshli futbolchi “Atletiko Mineyro” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va  faoliyati davomida “RB Bragantino” hamda “Vitoriya” jamoalarida ham to‘p tepgan.

Alerrandro “Vitoriya” safida samarali o‘ynab, Braziliya chempionatida o‘tgan mavsum 15 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lgan edi.

Ta’kidlash joizki, TsSKA klubi hujum chizig‘i etakchisi Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. Hamyurtimiz 2023 yilning yozida “armiyachilar” safiga ko‘chib o‘tganidan beri jamoa hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Endi 21 yoshli legionerimiz Premer-liga o‘yinlari boshlangunicha oldingi chiziqda Alerrandro bilan birga o‘ynash ko‘nikmalarini shakllantirishiga to‘g‘ri keladi.

Transfermarkt portalining ma’lum qilishicha, “armiyachilar” katta maqsadlar bilan Evropa futboliga kirib kelgan o‘yinchi uchun “Red Bull Bragantino” klubiga 4,2 million evro miqdorida badal puli to‘lagani qayd etilgan.

Gvardiola “Real” bilan o‘yin oldidan Husanov haqida nimalar dedi?

 

Vinisius endi Husanovdan qocholmaydi!

Husanov jahon darajasidagi zo‘r hujumchini “sindirdi”!

Shomurodovga hazil qilgan Raneri nima dedi?

G‘alabaga hissa qo‘shgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!