
Vinisius endi Husanovdan qocholmaydi!
Angliyadagi yagona futbolchimiz – Abduqodir Husanov sekin-asta “Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga yorib kirmoqda.
Hozircha, yangi jamoasi safida uch marotaba maydonga tushgan bo‘lsa, “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning dastlabki besh daqiqasini inobatga olmaganda, Abduqodir juda yaxshi harakat qilmoqda. Buni Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” futbolchilari, ekspertlar ham ta’kidlamoqda.
“Leyton Orient”ga gol urgan, “Nyukasl”ning Aleksander Isaak boshchiligidagi hujumchilariga o‘yin bermagan uchrashuvlardan keyin Husanov “shaharlik” fanatlarning ishonchini va mehrini qozondi.
Oldinda “Manchester Siti”ni nihoyatda murakkab to‘qnashuv – “Real”ga qarshi bahs kutib turibdi. Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi uchrashuvida manchesterliklar o‘z maydonida musobaqaning amaldagi g‘olibiga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ygan.
Endi “Siti” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Xosep Gvardioladan Abduqodir Husanovni Madridda bo‘ladigan bellashuvda maydonga tushirishini so‘rayapti.
Sports.uz portali angliyalik muxlislarning Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.
FeLo KE:
Husanov haqiqiy jangovar mentalitetga ega ekan. 45-raqamli futbolchimiz hali Angliya Premer-ligasining eng zo‘r himoyachisiga aylanadi.
Winfred Don Aki:
Agar “Nyukasl”ga qarshi Abduqodir Husanov, Niko Gonsales va Umar Marmush emas, Manuel Akanji, Bernardu Silva va Kevin de Bryuyne o‘ynaganida aniq yutqazib qo‘yardik.
Joseph Aka Cement:
Husanov juda yaxshi himoyachi ekan.
Star Miracle:
Husanov Madriddagi o‘yinni ilk daqiqalardan boshlashi kerak.
Imeldah Trinah Fabiola:
Husanovni yaxshi ko‘rib qoldik va hurmatimizni qozondi. Uchrashuvlarda juda yaxshi o‘ynayapti. Xosep Gvardiola “Real”ga qarshi bahsda ham unga imkon berishiga umid qilamiz.
Itx Mephias:
Futbolchilarimiz ana endi fanatlar kutgan o‘yinni namoyish qila boshladi. Husanov himoyaviy o‘yinda juda mukammal harakat qildi. Uning salohiyati ulkan ekan. Abduqodir o‘ziga ishongan va xotirjam o‘yinchi.
Fish King:
Menga Jon Stounz va Abduqodir Husanovning birgalikdagi o‘yini juda yoqdi.
Dzzum Dzxum:
Husanov va Stounz super himoyachilar.
Francis Mackson Mwale:
Husanov raqib yulduzi Aleksander Isakni o‘yindan chiqarib tashladi.
Køñ Trøllã:
Husanov haqiqatan juda yaxshi o‘ynayapti.
Raa Saga:
Husanov “Real”ga qarshi bo‘ladigan to‘qnashuvda dastlabki 11 ta futbolchi qatoridan joy olishi kerak. Abduqodirdan bizga sovrinlarni qaytarib olib berishni kutyapmiz.
Nazri D Anwar
Pep qaysarlik qilmasdan, Husanovni asosiy tarkibda o‘ynataver.
Charal Jesus:
Husanov yomon tezkor ekan...
Joao Felix:
Mana shu tarkibdagilar Madridda ham o‘ynashi kerak.
Baeti Molefi:
Husanov o‘yin davomida Lyuisning kamchiliklarini juda ko‘p marotaba to‘g‘riladi. Tezkor o‘yinchi sifatida yorqin o‘ynadi.
Meluleki MJ Dubé:
Abduqodirni qudratli “Real”ga qarshi o‘yinda kutamiz.
Mulumbi Chisanga Bhienwell:
“Nyukasl”ga qarshi zo‘r o‘ynadik. Navbat “Real”ga. 45-raqamni aniq boshlang‘ich tarkibda tushirish kerak. Shunda yutishimiz mumkin.
Smosh Jackson:
Abduqodir Husanov tezkor va ishonchli himoyachi ekan.
Gracer:
Husanovning bu o‘yinidan keyin Manuel Akanji tarkibdagi joyini butkul yo‘qotdi.
Zoble times:
Husanov Madridda ham o‘ynasin!
Obaro Utho:
Agar Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi birinchi uchrashuvda o‘ynaganida Vinisius Junior o‘ndan qochib ketolmasdi.
Mayli hech qisi yo‘q. Navbatdagi uchrashuvda Husanov maydonga tushadi, biz g‘alaba qozonamiz va keyingi bosqichga chiqamiz.
Fikrlar