Federatsiya bosh murabbiyni qoldiradi, lekin terma jamoada jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi
Turkiya futbol federatsiyasi milliy terma jamoa 2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichidan o‘tolmaganiga qaramay, bosh murabbiy Vinsentso Montella bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Biroq murabbiylar shtabida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Takvim nashrining ma’lum qilishicha, federatsiya rahbariyati italyalik mutaxassis bilan sentabr oyida start oladigan Millatlar ligasiga tayyorgarlik rejasini muhokama qilgan.
Tomonlar murabbiylar shtabi tarkibini qisman yangilash zarurligi bo‘yicha bir fikrga kelgan. Xususan, murabbiylar shtabiga maslahatchi-mentor jalb qilinishi kutilyapti. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Bundan tashqari, Montella jamoaning o‘yin uslubiga ham tuzatishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Asosiy e’tibor eng yaxshi sport formasidagi futbolchilarga qaratiladi.
Taktik sxema ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin, jumladan, nominal markaziy hujumchisiz o‘ynashdan voz kechilib, klassik forvardli tizimga qaytilishi yoki hujum tuzilmasi moslashtirilishi talab etilmoqda.

Fikrlar