"Fenerbaxche" murabbiyi qanday hujumchi transfer qilinishi aytdi
Turkiyaning "Fenerbahçe" klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko qishki transferlar oynasida yangi hujumchi olishda nimalarga eʼtibor berishini aytdi.
“Biz shunchaki transfer qilmaymiz. Forvardni tarkibga qoʻshib olishdan avval bir nechta narsalarga eʼtibor beramiz va har bir nomzodni puxta oʻrganamiz. Xarakteri, jamoaga mosligi va ruhiy holatini hisobga olamiz. Bu oson ish emas, lekin oxirgi daqiqagacha diqqatimizni jamlab ishlaymiz", — dedi mutaxassis.
"Sariq-lochinlar" rahbarligi oldingi chiziqini kuchaytirish uchun harakatni boshladi. Turk OAV tarqatgan xabarga koʻra, nomzodlar orasida Eldor Shomurodov ham bor.
Fikrlar