"Fenerbaxche" transfer bozorida to‘xtash niyatida emas

  • 04.02.2026 13:50
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Fenerbaxche"  transfer bozorida faollikni davom ettirmoqda. Turkiya klubining keyingi nishoni "Al-Hilol" hujumchisi Darvin Nunez.  Bu haqida jurnalist Serkan Hamzaugʻlu xabar bermoqda.

Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, istanbulliklar Nunezni mavsum soʻngigacha ijaraga olish borasida Saudiya klubi bilan muzokaralarni olib bormoqda. Agar forvard boʻyicha muzokaralar berk koʻchaga kirib qolsa, Turkiya klubi "Roma"dan Artyom Dovbikni sotib olish variantini koʻrib chiqmoqchi. 

Yaqinda jamoa oʻz safiga N'Golo Kanteni qoʻshib olganini maʼlum qilgandi.

Maʼlumot uchun, urugvaylik hujumchi joriy mavsum "Al-Hilol" klubi safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!