Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fenki de Yong «Barselona»ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong jarohatdan to‘liq shifo topib, jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi.

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohatidan to‘liq tiklandi.

Klub matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli niderlandiyalik futbolchi Kataloniya poytaxti klubining umumiy guruhida mashg‘ulotlarni qayta boshladi.

Shu tariqa, de Yong Ispaniya chempionati xalqaro tanaffusdan so‘ng qayta boshlanganidan keyingi ilk uchrashuvdayoq jamoasiga yordam berishi mumkin.

Avvalroq de Yongning o‘ng tizzasidagi ichki yon boylamlari to‘liq uzilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q