Ferdinand: "Messiga to‘pni oldirib qo‘yish kechiriladi"

  • 23.12.2022 12:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Xorvatiya terma jamoasi va "Leyptsig" vakili Yoshko Gvardiolning o‘yin saviyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Gvardiol jahon chempionatida eng kuchli himoyachilardan biri bo‘ldi. U hali yosh, lekin juda xotirjam harakat qiladi, to‘p bilan ajoyib tarzda ishlaydi.

Dastlabki turlarda uning to‘pga egalik qilgan holda himoyadan qanday chiqib ketganini ko‘rdik, lekin Argentinaga qarshi o‘yinda uni qayta-qayta to‘xtatib qolishdi. Axir bu Messi, unga to‘pni oldirib qo‘yish kechiriladi. 

Yoshko mundial davomida boshqalardan yaqqol ajralib turdi, agar u xuddi shu ruhda o‘ynashda davom etsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin", - dedi Ferdinand.

Ma’lumot uchun, Gvardiol va Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionatini bronza medallar bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!