Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fermin Lopes: «El-Klasiko»da har ikki jamoa ham g‘alaba qozonishi mumkin»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Barselona» – «Real» navbatdagi «el klassiko» uchrashuvi 25 oktyabr kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi.

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes «Real»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda kataloniyaliklar o‘z maydonida madriddliklarni qabul qiladi.

«Biz g‘alaba qozonyapmiz, ajoyib o‘yin ko‘rsatyapmiz va «Barsa» timsolidagi qadriyatlarni namoyon etyapmiz. Raqiblarning hozirgi holatidan qat’i nazar, «El-Klasiko»da har ikki jamoa ham g‘alaba qozonishi mumkin. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz, hissiyotlarni nazorat qilishimiz va mayda tafsilotlarga ahamiyat berishimiz kerak», — dedi Lopesning so‘zlarini Actu Foot keltirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv 25 oktyabr, yakshanba kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q