
Fernandesh nega aynan 8-raqamni tanlaganiga izoh berdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh yangi mavsumdan 8-raqam ostida to‘p tepadi. Futbolchining o‘zi nega aynan shu raqamni tanlagani haqida gapirib o‘tdi.
"Manchester Yunayted"ga kelishimdan oldin 3 yil 8-raqamli libosda to‘p tepganman. Otam ham shu raqamda o‘ynagan. Qolaversa, tug‘ilgan kunim ham shu sanaga to‘g‘ri keladi. Menga bu raqam yoqadi.
18 - rafiqamning tug‘ilgan kuni sanasi. Shuningdek, yoshligimda Pol Skoulzni ham shu raqamda taniganman.
Bu men uchun sharaf. Katta mas’uliyat talab etilishini ham yaxshi bilaman", - dedi portugaliyalik yarim himoyachi.
Fikrlar