Ferran Torres «Barselona»ni tark etishga tayyor

  • 24.07.2026 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres yaqin vaqt ichida «PSJ» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida El Desmarque nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi kataloniyalik klub taklif qilgan yangi shartnoma shartlaridan qoniqmagan. Unga taklif etilgan maosh miqdori ham, yangi bosh murabbiy Xansi-Diter Flik qo‘l ostida maydonga tushish imkoniyatlari ham ma'qul emas. Torres o‘zini yetarlicha qadrlanmayotganini his qilmoqda va shartlar yaxshilanmasa, jamoani tark etishga tayyor.

Shu bilan birga, futbolchini «PSJ» varianti jiddiy o‘ylantirmoqda. Parij klubining taklifi haqida uning agentlari allaqachon xabardor. Torresni, ayniqsa, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrique unga jamoada muhim o‘rin berishga tayyor ekani o‘ziga jalb qilmoqda.

Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, sport direktori Deku uning ehtimoliy transferi uchun taxminan 50 million yevro atrofida mablag‘ so‘ramoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!