Ferran Torres "Barselona"dan ketishi kutilyapti. Unga da’vogar klub ham bor

  • 12 oktabr, 2022, 00:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik 22 yoshli vinger Ferran Torres Ispaniyani tark etishi mumkin. “Barsa” uni qo‘yib yuborishga tayyor. Sababi, u Xavi qo‘l ostida o‘zini ko‘rsata olmayabdi.

Futbolchiga “Yuventus” klubi qiziqish bildirmoqda. Ammo Italiya jamoasi u uchun 30 milliondan evrodan ortiq to‘lamoqchi emas. Bu haqda “Elnacional.cat” nashri xabar bermoqda.

Tecno

“Barsa” Torresni o‘tgan mavsum qishki transferlar oynasida “Manchester Siti”dan 55 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.

Vinger ushbu mavsum barcha chempionatlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assisitni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!