Феруза Казакова ашаддий рақибасини Жаҳон кубогидан чиқариб юборди
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoyda Wolrd Boxing tashkiloti kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Feruza Kazakova ilk bosqichdayoq ashaddiy raqibasiga aylangan germaniyalik Mahi Klotzergа qarshi ringga ko‘tarildi. Bu ularning joriy yildagi 3-to‘qnashuvi edi. Dastlab yilning boshida “Strandja” turnirida Feruza g‘alaba qozongan bo‘lsa, Braziliyadagi Jahon kubogida Klotzer zafar quchgandi.
Trilogiyada esa Kazakova barchasiga nuqta qo‘ydi. Ikki raundni 5:0 hisob bilan o‘z foydasiga hal qilgan Kazakova 3-raundda asosan jarohat orttirib olmaslikka intildi. Shu tariqa Feruza jiddiy raqibasini 5:0 hisobida taslim etdi va musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar