Feruza Kazakova Osiyo oʻyinlarini bronza medali bilan yakunladi
Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida yarim finallar davom etadi.
-51 kg dagi vakilamiz Feruza Kazakova amaldagi Olimpiada chempioni, xitoylik Vu Yuga qarshi ringga ko‘tarildi. Shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan jangda Kazakova 5:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda Sitora Turdibekova va Lin Yu-Ting (Xitoy Taypeyi) o‘rtasida o‘ziga xos jang kutmoqda.

Fikrlar