
FIDE Circuit reytingi yangilandi, hamyurtlarimizning o‘rinlari qanday?
FIDE Circuit 2025 – 18 may holatiga ko‘ra reyting yangilandi.
Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaa 68.40 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 40.64 ochko bilan Ding Liren, uchinchi pog‘onada esa 33.39 ochko bilan Daneshvar Bardiya joylashgan.
O‘zbekistonlik shaxmatchilarning o‘rinlari:
14-o‘rin — Nodirbek Abdusattorov — 18.42 ochko
18-o‘rin — Shamsiddin Vohidov — 17.03 ochko
21-o‘rin — Nodirbek Yoqubboev — 14.50 ochko
22-o‘rin — Muhiddin Madaminov — 14.22 ochko
FIDE Circuit reytingi yil davomida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnirlar natijasiga qarab shakllanadi. Mavsum yakunida eng ko‘p ochko to‘plagan shaxmatchi Nomzodlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Fikrlar