FIDE Jahon kubogi – 2025: yakuniy bosqichlarga yo‘l oldik!

  • 13 noyabr, 10:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "FIDE Jahon kubogi 2025" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.11–12 noyabr kunlari o‘tgan 1/16 final bosqichi bahslarida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Tecno

Nodirbek Yakubboev hindistonlik raqibi Pranav V bilan dastlabki uchrashuvda 0,5:0,5 hisobida durang o‘ynab, javob bahsida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va 5-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Javohir Sindarov esa Xitoyning etakchi shaxmatchisi Yu Yangyi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.

13 noyabr kuni o‘tadigan tay-brek bahslarida g‘olib nomi aniqlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!