FIDE prezidentligiga 3 nafar nomzod qoldi. Samarqanddagi saylov qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda

  • 27.07.2026 17:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIDE matbuot xizmati 2026 yilgi prezidentlik saylovida qatnashadigan nomzodlarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.

FIDE prezidentligi uchun kurashda uch nomzod qoldi. Ilyumjinov ro‘yxatdan o‘rin olmadi

Unga ko‘ra, 26 sentabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan saylovda uch nafar nomzod FIDE  prezidenti lavozimi uchun kurash olib boradi:

Yan Henrik Byuttner (vitse-prezidentlikka nomzod — Malkolm Pein);

Vadim Rozenshteyn (vitse-prezidentlikka nomzod — Gordon Tan);

Timur Turlov (vitse-prezidentlikka nomzod — Vishvanatan Anand).

So‘nggi vaqtlarda o‘z nomzodini ilgari surish niyati haqida faol bayonotlar berib kelgan FIDEning sobiq prezidenti Kirsan Ilyumjinov esa yakuniy ro‘yxatdan o‘rin olmadi.

Avvalroq uni qo‘llab-quvvatlagan Andrey Filatov bu holatga quyidagicha izoh berdi:

«Kirsan Nikolaevich shaxmat olamining ulkan shaxslaridan biri. Uning FIDE rahbarligiga qaytishdan ko‘zlagan asosiy maqsadi shaxmat jamoatchiligini birlashtirish edi. Ehtimol, u o‘z vazifasini bajarilgan, deb hisoblagandir. Yoki nomzodlar orasida munosib insonlar borligini ko‘rib, xotirjam holda boshqa yo‘nalishlarga e’tibor qaratishga qaror qilgandir».

Shu bilan birga, shaxmat muhitida bu voqeaga hazilomuz munosabat ham bildirilmoqda. Aytishlaricha, Magnus Karlsenni jahon chempionligi tsikliga qaytarish g‘oyasiga shunchalik berilib ketgan ekanki, o‘z nomzodlik hujjatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirishni unutib qo‘yibdi.

Eslatib o‘tamiz, FIDE prezidentligi saylovi 26 sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!