FIDE rasmаn Oʻzbekiston prezidenti sаxiyligigа munosаbаt bеrdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi a’zolarini Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taqdirlanishi haqida xabar e’lon qildi, deya yozadi Sports.kz.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev FIDE tomonidan o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasi va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi 3-Jahon shaxmat olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilgan milliy terma jamoalar a’zolari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi.
Maxsus tantanali marosim davomida chempionlar va sovrindorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, shuningdek, ularning yutuqlarini e’tirof etish ramzi sifatida Prezident tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi», — deyiladi FIDE’ning rasmiy instagram sahifasidagi xabarda.
Publikatsiya ot FIDE (@fide_chess)
Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida mezbon O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 11 turdan 10 tasida g‘alaba qo‘zonib, jami 20 jamoaviy ochko to‘pladi va oltin medallar hamda Gamilton-Rassel Kubogini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy yutuqni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Prezidenti jamoaning besh nafar asosiy tarkib o‘yinchilari — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov va Muxiddin Madaminovni alohida rag‘batlantirdi.
Shaxmatchilarga qulay sharoitlarga ega kottej (uy-joy), Volkswagen rusumli yengil avtomobil, 200 ming dollar miqdorida yirik pul mukofoti, shuningdek, yuksak davlat ordenlari va faxriy unvonlar taqdim etildi.

Fikrlar