FIDE Sindarovning mukammal oʻyinini eʼtirof etdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi Samarqandda o'tayotgan Jahon shaxmat Olimpiadasining ikkinchi turida o'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovning yorqin g'alabasini alohida qayd etdi.
Jahon chempioni unvoni uchun bo'ladjak bahsga da'vogar hisoblangan Sindarov ushbu turda O'zbekiston terma jamoasiga yetakchilik qildi. Raqib sifatida maydonga chiqqan Peru terma jamoasi ustidan mezbonlar ishonchli tarzda 3,5:0,5 hisobida zafar quchdi.
FIDE tahlilida ta'kidlanishicha, shu o'yinga qadar Sindarov deyarli kamchilikka yo'l qo'ymasdan, 98 foiz aniqlik bilan o'yin namoyish etgan.
Qo'shimcha piyoda ustunligi g'alaba uchun yetarli bo'lishi kerak edi — masalan, 31...Fa1 yurishi shunday mantiqiy davom etishlardan biri sifatida ko'rsatilgan. Biroq da'vogar shunchaki yutishni emas, balki kuchli bayonot berishni istadi.
Shu bois u kutilmagan holda 31...Krf7!! kabi fantastik yurishni amalga oshirdi va shu bilan partiya davomida ikkinchi marta o'z farzini qurbon qildi», — deyiladi FIDE sharhida.
Peru vakili Flores Killyas bu qurbonlikni 32.Fxf1 yurishi bilan qabul qildi. Shundan so'ng Sindarov 32...Lh3!! orqali kombinatsiyani yakunlab, 33...h6 dan keyin rad etib bo'lmaydigan mot tahdidini yaratdi. Bu vaziyatda perulik shaxmatchi mag'lubiyatdan qochish imkoniyatisiz qoldi.

Fikrlar