FIDE Sindarovning shaxmat toji uchun bahsi haqida bayonot berdi

  • 29.07.2026 22:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2026 yilgı jahon chempioni unvoni uchun bahs qachon va qaerda o‘tkazilishini ma’lum qildi. Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju hamda da’vogar, o‘zbekistlonlik Javohir Sindarov o‘rtasidagi hal qiluvchi match Jenevada (Shveytsariya) bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda FIDE’ning rasmiy sayti.

Bellashuv 25 noyabrdan 15 dekabrgacha davom etadi. Match boshlanguniga qadar har ikki shaxmatchi ham 20 yoshga to‘ladi. Shu bois bu duel tarixdagi eng yosh jahon shaxmat taxti uchun bahs sifatida qayd etilishi kutilmoqda. FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anandning ta’kidlashicha, matchga mezbonlik qilish istagini Hindiston, AQSh va Kipr ham bildirgan, ammo oxir-oqibat musobaqani neytral hudud — Jenevada o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Gukesh o‘z unvonini 2024 yil dekabrida Singapurda qo‘lga kiritgan edi. U o‘sha finalda Din Lijyenni mag‘lub etgan va tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylangan. Javohir Sindarov esa 2026 yilda Kiprda o‘tkazilgan da’vog‘arlar turnirida g‘alaba qozonib, jahon taxti uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionligi uchun match 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. G‘alaba qozonish uchun shaxmatchilardan biri kamida 7,5 ochko to‘plashi kerak. Agar 14 partiyadan so‘ng hisob teng bo‘lib qolsa, chempionlik taqdiri tay-breykda hal etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!