FIFA aprel oyidayoq Rossiyadan taqiqalarni olib tashlashi mumkin
FIFA 2026 yilning aprel oyidayoq Rossiyadan sanktsiyalarni olib tashlashi kutilmoqda. Bu haqida "Sports24" nashri ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, aynan shu oyda federatsiyang kongress yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Rasmiylar FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyadan cheklovlar olib tashlanishi yoki qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilayotgani haqida gapirmoqda. Lekin UEFA Rossiyaga nisbatan qat'iyroq pozitsiyada turibdi.
Avvalroq, Infantino sanktsiyalar vaziyatini yaxshilanmagani, faqat yomonlashtirgani shuning uchun ularni imkon qadar tezroq bekor qilish kerakligi haqida gapirgan edi. Shundan so‘ng, UAF prezidenti Andrey Shevchenko FIFA rahbari bilan shoshilinch ravishda uchrashib, Rossiya jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgandi.
Fikrlar