FIFA ikki g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 04.10.2026 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy futbol jamoasi Eron va Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida qozongan g‘alabalardan so‘ng FIFAning live-reyting jadvalida 59-pog‘onaga ko‘tarildi.

Uchinchi oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining hisobida 1420,31 reyting ochkosi mavjud. Bu ko‘rsatkich oxirgi rasmiy reytingga nisbatan bir pog‘ona yuqori, chunki unda jamoa 60-o‘rinni egallab turgan edi.

24 sentabr kuni O‘zbekiston Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va 6,83 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. 

1 oktyabrda esa terma jamoa Suriya ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yana 3,75 ochko qo‘shib oldi. 

Shu tariqa, ikki o‘yin jami 10,58 reyting ochkosi olib keldi.

O‘zbekistondan bir pog‘ona yuqorida Bosniya va Gertsegovina jamoasi joylashgan. U Shvetsiya bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng 1420,36 ochko to‘plab, 58-o‘rinni egallab turibdi. 

Ikki jamoa orasidagi farq atigi 0,05 ochkoni tashkil qiladi. O‘zbekistondan keyingi pog‘onalarda esa Qatar (60-o‘rin, 1416,28 ochko) va Tunis (61-o‘rin, 1415,38 ochko) joy olgan.

Milliy jamoaning navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
06/10/2026 02:28
Кореяни ютиш қийин вазифа, омад тилайман.