Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

FIFA jahon chempionati hamda festivalida O‘zbekiston - Qozog‘iston o‘yinida ikkita gol bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kuchli jamoa aniqlandi

Qozog‘iston U-15 terma jamoasi Boku shahrida (Ozarbayjon) o‘tayotgan FIFA U-15 jahon chempionati va festivali doirasidagi o‘yinda O‘zbekiston o‘smirlar termasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, deb xabar beradi Sports.kz.

Hisob birinchi bo‘limning 28-daqiqasida ochildi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javohirbek Erkinov raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ortidan olti daqiqa o‘tib, Roman Aizattulov ikkinchi gol muallifiga aylandi va ustunlikni ikki to‘pgacha oshirdi. Qolgan daqiqalarda Qozog‘iston yosh futbolchilari vaziyatni o‘z foydalariga o‘zgartira olmadi.

Uchrashuv tarixda ilk bor o‘tkazilayotgan FIFA U-15 jahon chempionati va festivalining guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqa 2026 yil 24–30 oktyabr kunlari Ozarbayjonda tashkil etilgan bo‘lib, unda 189 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar 8×8 formatida o‘tkaziladi, har bir bahs ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, har taym 20 daqiqadan. Guruh bosqichi yakunlangandan so‘ng jamoalar musobaqani olti xil turnir toifasidan birida davom ettiradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q