FIFA jahon chempionati o‘yinlariga o‘zgartirish kitiradi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan joriy etilayotgan yangiliklar doirasida 2026 yilgi jahon chempionatida bosh murabbiy va futbolchilar tanaffus paytida televidenie uchun intervyu beradi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, barcha milliy jamoalarga efir kompaniyasi uchun spiker taqdim etish talabini bajarishlari shartligi ma’lum qilingan.
Shuningdek, terma jamoalarga o‘yin arafasida emas, balki o‘yin boshlanishidan ikki kun oldin matbuot anjumani o‘tkazish taklif etiladi. Ta’kidlanishicha, ushbu yangiliklar katta ehtimol bilan Evropa auditoriyasiga mo‘ljallangan.
2026 yilgi jahon chempionati uchta davlat - AQSh, Kanada va Meksika hududida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar