FIFA JCh-2026 oʻyinlariga suv olib kirishga taqiq qoʻydi

  • 04.06.2026 19:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yildgi jahon chempionati o‘yinlariga har qanday suv idishlarini olib kirishni taqiqlandi.

Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha havo harorati yuqori bo‘lishi kutilayotgan AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. FIFAning ta’kidlashicha, bu chora "o‘yinchilar va tomoshabinlar uchun xavf va jarohatlarning oldini olish uchun" qabul qilingan. Shu bilan birga, tashkilot o‘yinlardan oldin va o‘yin paytida suv sotilishini, shuningdek, stadionlarda sovutish stantsiyalari, ventilyatorlar va tumanli suv purkash zonalari ishlashini ta’kidladi.

Angliya terma jamoasi muxlislari vakillari taqiqni "g‘alati va kechikkan" deb atadi va avvalroq FIFA suv tashishga taqiq qo‘yilmasligini va’da qilganini ta’kidladi. Muxlislar ham ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirib, yangi qoidalar tomoshabinlar uchun qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!