FIFA La Liga klubi va Osiyodagi terma jamoadan 7 o‘yinchini futboldan chetlatdi

  • 27.09.2025 10:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi - FIFA tashkiloti Malayziya terma jamoasining etti nafar futbolchisini bir yil muddatga futboldan chetlatdi.

Bu o‘yinchilarga hujjatlarni soxtalashtirish aybi qo‘yilgan.

Jazolangan ro‘yxatida Ispaniya chempionati yuqori divizionida “Alaves” klubi sharafini himoya qilgan Fakundo Garsesning borligi shov-shuvlarga sabab yuo‘ldi.

Bundan tashqari, sanktsiyaga tushgan Gabriel Felipe, Rodrigo Olgado, Imanol Machuka, Joau Figeyredu, Yon Irasabal, Ektor Alexandro Xevel Serrano Malayziyaga daxli bo‘lmagan va kelib chiqishi Argentina, Braziliya, Ispaniya, Niderlandiyaga bog‘liq futbolchilar ekani aniqlangan.

FIFAga ko‘ra, Malayziya futbol assotsiatsiyasi bu o‘yinchilarni xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashish uchun qaydnomaga kiritishda soxta hujjatlarni taqdim etgan. Bu futbolchilarning bari Osiyo kubogi saralash bosqichida Vetnam (4:0) bilan bo‘lgan uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan va o‘yinda ishtirok etgan.

FIFA  sanktsiya qo‘llagan bu futbolchilar 12  oy davomida futbolda har qanday turdagi faoliyat ko‘rsatishi ta’qiqlandi. Ularning har biri 2,1 ming evro miqdorida jarima to‘laydi. Shuningdek, Malayziya futbol assotsiatsiyasi  375 ming evro jarimaga tortildi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!