FIFA La Liganing 2 ta klubiga nisbatan transfer taqiqi qo‘yishi mumkin

  • 12.05.2019 17:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA Ispaniyaning "Vilyarreal" va "Valensiya" klublariga nisbatan tekshiruv boshladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra har ikkala jamoa ham 18 yoshga to‘lmagan xorijiy futbolchilar bilan shartnoma imzolamaslik qoidasini buzgan. Agar bu narsa o‘z isbotini topsa, "Vilyarreal" va "Valensiya"ga transfer taqiqi qo‘yilishi mumkin. Biroq, bu taqiq katta ehtimol bilan joriy yozgi transferlar davri uchun qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq xuddi shunday ayblovlar bilan Londonning “Chelsi” klubi ham transfer taqiqiga duchor bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!