FIFA O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy qaror qabul qildi
O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning yangilangan live-reytingida bir po‘gona yuqori ko‘tarildi.
Fab0io Kannavaro shogirdlari Farg‘onada o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Eron terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba natijasida O‘zbekiston termasi 6,83 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi va jahon saralash ro‘yxatida 1416,56 ochko bilan 59-o‘ringa ko‘tarildi.
Shu tariqa, o‘zbekistlonlik futbolchilar 1411,06 ochkoga ega bo‘lgan Qatar terma jamoasini ortda qoldirdi. Qatar jamoasi bir po‘gona pastlab, 60-o‘ringa tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi jahon chempionatidagi debut ishtirokidan so‘ng, AQSh, Meksika va Kanadada o‘tgan mundial yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 60-o‘ringa tushib, vaqtincha kuchli 50 talikdan chiqib qolgan edi.
Fabio Kannavaro shogirdlarining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriya va 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin bo‘ladi. Mazkur bellashuv terma jamoaning yaqinlashib kelayotgan Osiyo kubogiga tayyorgarligida muhim bosqich sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar