FIFA PSJni jarimaga tortdi

  • 03.06.2021 10:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

FIFA "Inter"dan xarid qilingan hujumchi Mauro Ikardining transferida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun PSJga jarima belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, Parij klubi argentinalik futbolchini 2019 yilda keyinchalik 72 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan “Inter”dan ijaraga olgan edi.

Qayd etilishicha, klublar o‘rtasidagi kelishuvda Ikardi 2020 yil yozida Italiyaning boshqa bir klubiga sotilgan taqdirda, PSJ “Inter”ga yana 15 million evro to‘lashi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu band FIFAning transferlarga uchinchi tomon ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi qoidalarini buzadi. Bundan tashqari, frantsuz klubi ushbu kelishuv to‘g‘risida vakolatli organga xabar bermadi.

Ushbu qoidabuzarlik uchun FIFA PSJga 10 ming shveytsariya franki (9 121 evro) miqdorida jarima soldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!