FIFA "Qizilqum"ga nisbatan transfer taqiqini qo‘ydi
Navoiyning “Qizilqum” klubi chempionatdagi anchadan beri davom etayotgan g‘alabasiz seriyasidan tashqari yana bir muammoga duch keldi. Endilikda ushbu jamoaga nisbatan transfer taqiqi joriy qilindi.
“Joriy yilning 4 aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Qizilqum” hamda uning Shimoliy makedoniyalik sobiq futbolchisi Marko Simonovski o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargandi. Unga asosan “Qizilqum” sobiq o‘yinchisi oldidagi moliyaviy majburiyatni 45 kun muddat ichida bartaraf etishi lozim edi.
FIFA “Qizilqum” belgilangan muddat ichida bu masalani bajarmadi deb hisobladi hamda klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi”, - deyiladi O‘zPFLning rasmiy xabarida.



Fikrlar