FIFA "Qo‘qon-1912"dan transfer taqiqini olib tashlaydi

  • 23 yanvar, 2021, 14:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" rasmiy "Telegram" sahifasi jamoaning serbiyalik legionerlar bilan yuzaga kelgan muammosi hal bo‘lish arafasida ekanini ma’lum qildi:

Tecno

"Qo‘qon-1912” jamoasining sobiq legionerlari - himoyachi Milosh Nikolich hamda darvozabon Boyan Knejevich bilan muammo yuzaga kelganligi sababli, FIFA jamoamizga xorijlik futbolchilar va murabbiylar transferi borasida taqiq qo‘ygan edi. Jamoamiz kecha yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar bilan o‘rtadagi muammoni hal qildi. Ularga belgilangan summalar to‘lab berildi. Halqaro futbol tashkiloti uch kun muddat ichida jamoamiz foydasiga qaror chiqarib berishini ma’lum qildi. “Qo‘qon-1912” jamoasi endi FIFAdan taqiq bekor qilinganligi haqidagi rasmiy javobni kutmoqda. Eslatib o‘tamiz, Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolich 2019 yilgi futbol mavsumida, qisqa muddat jamoamiz sharafini himoya qilgan edi", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!