FIFA rahbari Rossiyaga nisbatan qo‘yilgan taqiqni bekor qilish kerakligini aytdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiya jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlantirish masalasini qayta ko‘rib chiqish zarurligini bildirdi.
"Albatta, biz bu masalani ko‘rib chiqishimiz kerak. Chunki ushbu taqiq hech qanday ijobiy natija bermadi. Aksincha, u ko‘proq noumidlik va nafratni keltirib chiqardi", — dedi Infantino.
Shuningdek, FIFA rahbari Rossiyadan bo‘lgan qizlar va o‘g‘il bolalarning Yevropaning boshqa hududlarida futbol o‘ynashiga imkoniyat yaratish muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu holat vaziyatni yumshatishga yordam berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rossiya jamoalari 2022 yil fevral oyidan beri FIFA va UEFA tasarrufidagi barcha xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlantirilgan.

Fikrlar