Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

FIFA rasmiy saytida termamiz futbolchisi haqida juda iliq fikrlar bildirildi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

"Moskvada yashovchi sehrgar Ventyandagi bellashuvda yagona gol muallifiga aylandi"

Abbosbek Fayzullaev FIFA rasmiy saytida Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkazgan o‘yini uchun e’tirof etildi. 

"OFK tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so‘ng Fayzullaev O‘zbekiston terma jamoasi safida KXDRga qarshi bahsda ajoyib o‘yin ko‘rsatib, o‘z obro‘sini oshirishda davom etdi. U kichkina bo‘yli, ammo yaxshi texnik xususiyatlarga ega futbolchi. Moskvada yashovchi sehrgar Ventyandagi bellashuvda yagona gol muallifiga aylandi. U uzoq masofadan urgan goli bilan "oq bo‘rilar"ni tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqish yo‘lidagi harakatini davom ettirmoqda". 

Qayd etish lozim, Abbosbek Fayzullaev noyardagi FIFA kunlarida termamiz kiritgan barcha gollarga mualliflik qildi. 

 
 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q