
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi qaysi o‘rinda? (Foto)
FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini ma’lum qildi. Unga ko‘ra 1832,33 ballga ega Belgiya terma jamoasi reytingni boshqarmoqda. JCh-2022 saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Braziliya 1820.36 ball to‘plagan holda, 2-pog‘onani band etib turibdi. Frantsiya esa kuchli uchlikdan o‘rin egallagan.
OFK reytingida Eron peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, 1274.58 ballga ega O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda 11, umumiy reytingda esa 84-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar